Arilar nima?

Dunyoda qushlarga nisbatan arilarning turlari ko’proqdir. Ayni damda 20,000 ga yaqin turiga tarif berilgan bo’lib, va har yili yangi turlar kashf qilinmoqda. Arilar sayyoramiz bio xilma-xilligining asosiy tarkibiy qismlaridan bo’lib, inson ekologiyasida hayotiy muhim o’rin egallaydi. Hisoblanishicha dunyodagi jami oziq-ovqatning uchdan bir qismi arilarning changlantirishiga bog’liq ekan. Qovoq ari, nishsiz ari va asal arilar ijtimoiy hayot tarziga ega va bulardan asal arilar eng ko’p o’rganilgan. Xolbuki bu arilar dunyo arilar faunasinig kichik bir qismiga teng keladi. Turlarning 90% dan ko’progi ijtimoiy emas yoki yolg’iz umirguzaronlik qilishadi.

asalarichilik.uz

Odamlar asalarichilik bilan birgalikda qishloq-xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirish barakali mo’l-hosilga olib kelishini o’rta asırlardan bilishgan va o’tgan asrdan boshlab changlanish haqida tushunchaga ega bo’lishdi.  Bugunga kelib arilar dunyoda 400 mingga yaqin hosil turlarini changlantiradi. Changlantirishning aksariyat qismi asal arilar zimmasiga to’g’ri kelsada so’nggi 15-20 yılda asal arilarning 50% dan ko’proq qismi kasallik, parazitlar va ekologik sbablar tufayli inqirozga keldi va bu qishloq-xo’jaligiga katta ta’sir ko’rsatdi. Oziq-ovqat narxlarinig ko’tarilishi katta muammoga aylandi. Bu biz insonlarning asal arilarga qattiq bog’lanib qolganimizdan darak beradi.

Muammoni hal qilish uchun boshqa tur arilarini ishga yollasak nima bo’ladi? Buning uchun turlarning yanada yaxshi o’rganishimiz kerak. Muqobil changlantiruvchi arilarga ikki tur Megajil (Megachile spp.) va Usta ari (Osmia spp.) yaxshi misol bo’la oladi. Megajil allaqachon AQSh va Kanada yung’ichqazorlarini changlantirishda keng miqyosda foidalanib kelinmoqda.

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan