Asalarilardan harbiy maqsadlarda foydalanish tarixi.
Tarixda asalarilardan qurol yoki himoya sifatida urushlarda foydalangan xalqlarni ulardan foydalanmaganlarga nisbatan ancha koʻp boʻlishi mumkin. Hatto bizgacha maʼlum boʻlgan afsonaviy hodisalarning koʻp qismi tarixiy boʻlib chiqmoqda.
Bunga eramizdan avvalgi I asr Rim sarkardasi Pompeyning Anatolu yarim orolidagi(hozirgi Turkiya) Heptakomets qabilalariga qarshi olib borgan muvaffaqiyatsiz yurishini misol qilamiz. Qiziqarli tomoni shundaki himoyaga asalarilar emas balki uning asali qoʻllanilgan.
Pompey boshchiligidagi mingga yaqin Rim qoʻshinlari tor togʻ darasidan oʻtayotganda yoʻlda asalga duch kelishadi. Tarixdan maʼlumki Rim qoʻshinlari oʻzlarining talon-taroj va bosqinchiliklari bilan yaxshi nom qozongan. Nafslarini qondirish maqsadida toʻxtagan qoʻshin asalni yeb qoʻyishlari bilan bir oz vaqt oʻtmasdan zaharlanib alahsirash, tutqanoq va qusish dardiga duchor boʻlishadi.
Askarlar yoʻlida xoʻrak sifatida mahalliy aholi tomonidan ataylab qoldirilgan asal ularning yengilishiga sabab boʻladi. Mahalliy aholi yilning maʼlum vaqtlarida yigʻilgan asal tabiiy zaharli boʻlishini juda yaxshi bilishgan. Nektar tarkibida zaharli alkaloidlari boʻlgan Rhododendron ponticum va Azalea pontica oʻsimliklaridan olingan asal asalarilar uchun bezarar ammo insonlar uchun zaharlidir.
Ushbu oʻsimlikning gullash davri tugashi bilan janubi-sharqiy Yevropa, janubi-gʻarbiy Osiyo asalarichilari yigʻilgan asalni isteʼmolga yaroqli asal sifatiga taʼsirini oldini olish uchun yigʻishtirib olishadi.
Keyinchalik bu asal (agar vatan himoyasi uchun ishlatilmasa) asalarilarni oziqlantirish uchun(m.u. qish mavsumi) ishlatiladi.
Janubiy va markaziy Amerika hindulari shunga oʻxshash asaldan “poklanish marosimlarida foydalanishgan.
Yangi Zelandiyada ishlab chiqarilgan shu hududda oʻsuvchi Melicope ternate oʻsimligidan olingan asaldan isteʼmol qilinganda oʻlim holati qayd etilgan.
Boshqa Yangi Zelandiya oʻsimligi boʻlgan Coriaria arborea beradigan nektar asal uchun xavfsiz ammo oʻsimlik tanasidan chiqadigan shira zaharli boʻladi.
Asal, suv va xamirturushdan tayyorlangan musallas bilan 946 yili Kiyev qirolichasi Olga erining dafn qilish marosimiga taklif etilgan dushmanlarini mast qilib ulardan 5000 eng sara yetakchilarini qirib tashlaydi.
Asalarilarning tabiiy himoyasidan Rim imperiyasi yaxshi foydalangan. Kichik Osiyodan asal soliq sifatida olmaslikni tajribada yaxshi oʻrgangan imperiya asalarilardan hujumchi sifatida qalalarni zabt etish uchun dushmanlari ustiga katapultlardan uloqtirishgan.
Uyasi buzilib quyushqonidan chiqqan asalarilar koʻpgina janglarda dushman qoʻshinini tarqoq holga keltirib magʻlub boʻlishiga sabab boʻlgan.
Qadimgi Dakialiklar(hozirgi Ruminiya hududida yashashgan) Rimning yengilmas zirhli legionini asalarilar bilan magʻlub qilishgan.
XI asrda Saksoniya imperatori Genri I chining general Immo boshchiligidagi qoʻshinlari Graf Loran boshchiligidagi bosqinchilarga qarshi asalari uyalarini uloqtirish bilan dushman ustidan gʻalaba qilishgani tarixdan maʼlum.
1289 yili Vengriyaning Gussing shaxri xalqi Avstriya bosqiniga qarshi issiq suv, olov va asalarilar uloqtirib shaharni bosqindan asrab qolishadi.
Dengiz janglarida ham asalarilar hujum vositasi sifatida foydalanilgan. 50 yaqin oʻrta-yer dengizi qaroqchilari oʻlarga qarshi kelgan bortida 500 dan ortiq askar boʻlgan katta kemani qoʻlga olishadi.
Asalarilar shaxsiy himoya vositasi sifatida qadimdan foydalanilgan. Qadimgi Rim shoiri Vergil oʻzining boyliklarini talonchi askarlardan saqlash uchun asalarining uyasiga yashirganini yozadi.
Shunga oʻxshash voqea 1933 yili Germaniyada sodir boʻladi. Qari asalarichi uyiga tushgan oʻgʻrilarga qarshi bir amallab uyadagi arilarni jahillantiradi. Ari chaqqan uch nafar oʻgʻrilar tezda qochib qolishadi. Ammo ulardagi alohida belgilar sabab tezda politsiya tomonidan aniqlanib qoʻlga olinadi.
Internet materiallari orqali tayyorlandi