«ҚАЛБАКИ» АСАЛ УЧУН – ЭКИҲНИНГ 15 БАРАВАРИГАЧА ЖАРИМА

Ma`muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksga yangi modda kiritish taklif etilmoqda, unda asal va asal mahsulotlarini qalbakilashtirganlik uchun javobgarlik nazarda tutiladi.

Norma’ning yozishicha, loyiha bo’yicha qalbakilashtirish deganda quyidagilar tushuniladi:

•  tabiiy asalari asaliga turli aralashmalarni qo’shish;
•  asalni boshqa unga o’xshash mahsulotlar bilan almashtirish;
•  bila turib to’liq yoki ishonchli bo’lmagan ma`lumotlar berilgan mahsulotlar xossasi va sifatini atayin o’zgartirish.

Fuqarolarga solinadigan jarima EKIHning 3 baravaridan 5 baravarigacha miqdorni tashkil qiladi, huquqbuzarliklar bir yil davomida takror sodir etilganda – EKIHning 5 baravaridan 10 baravarigacha. Huquqbuzarlikda aybdor deb topilgan mansabdor shaxslar EKIHning 5 baravaridan 10 baravarigacha, takror sodir etilganda – EKIHning 10 baravaridan 15 baravarigacha jarima to’laydi.

Qalbakilashtirilgan asal va asal mahsulotlarini olib kirish va sotish ma`muriy javobgarlikka tortishga sabab bo’ladi.

Bunday huquqbuzarliklar to’g’risidagi ishlarni ko’rib chiqish vakolatlarini ma`muriy sudlarga berish taklif etilmoqda.

Loyiha o’zgartirilishi, unga qo’shimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Manba: kun.uz

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan