Shiraga boy o’simliklar – Bodom

Bodom
(Amygdalus communis L.)Bodom ra’noguldoshlar oilasiga mansub o‘rmonchilik mevali daraxti. Bo‘yi 5-10 m barglari uzun chuzinchoq, yuqorisi yaltiroq yashil rangda.

 O‘zbekistonda yana boshqa yovvoyi 4 turi mavjud. Guli oq yoki oqish pushti rangda, kalta va ingichka gul oyoqchasida joylashgan. Bodom qattiq danagi bilan boshqa mevalardan farq qiladi. Gullash davri mart aprel oylari va barglarini yil davomida tashlab turadi. Bodomzorlar O‘zbekistonning dengiz sathidan 1000–2000 m gacha bulgan tog‘li hududlarida ekiladi. Bodom daraxti qurg‘oqchilikka va sovuqqa chidamli. Bodom guli sovuqqa dosh bera olmaydi. -2 daraja sovuqda bodom gulini sovuq uradi.

Erta bahorda gullaydigan bodom asalarilarga juda foydali ozuqa manbaidir. Erta bahordan asalarilarni tez ko‘payishi va mavsumga kuchli bo‘lgan asalari oilalarini tayyorlashda bodomzorlar juda muhim. Asalarilar bodom daraxtidan to‘yimli asal, yani 1 gektar bodom dalasidan 40 kg atrofida asal va qizil rangli gulchang yig‘adi.

Bodom hosildorligini oshirishda asalarilardan foydalanish eng yaxshi usul bulib butun dunyoda qullaniladi. Yuqori hosildorlik asalarichilikda ham va bodom etishtirishda bu ikki tabiat inomi o‘zaro uzviy bog‘liqliqdir.
Shirin bodom mevasi yuqori sifatli egulik, mevasi xom holida xam istimol qilinadi. Kondeter va non ishlab chiqarishda, xalq tabobatida, zamonaviy meditsinada keng qo‘llaniladi. Misol uchun qand kasalligi va oshqozon ichak kasalliklarini davolashda shirin bodomdan foydalaniladi. Yosh bolalarda darmonsizlikni va teri yumshatish muolajalarida bodom yog‘i katta foyda beradi. Achchiq bodom mevasi tarkibidagi sinil kislotasi sababli zaxarli xisoblanadi. Meditsina va kosmetika sohasi uchun achchiq bodomdan efir moyi olinadi.

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan