Asalari zotini tanlashda nimalarga etibor beriladi?

Asalari zotlari muayyan iqlim sharoitlarida tabiiy tanlanish tasirida bilan vujudga keladi.  Bir naslni boshqasidan farqlash uchun asalarilarning oz’iga xos belgilari;

  • rangi
  • kattaigi
  • hartumining uzunligi
  • ona arining nasldorligi
  • badjahilliligi
  • kasalliklarga chidamlliligi
  • royga moyilligi
  • mum ishlab chiqaruvchanligi

kabi xususiyatlari hisobga olinadi. Etibor bergan bo’lsanggiz yuqorida sanab o’tilgan farqlar orasida eng muhim bo’lgan «asaldorligi» yoki asal ishlab chiqaruvchanligi sanab o’tilmadi. Mening fikrimcha asaldorlikni olingan naslning farqli belgilariga kiritish notug’ri bo’lib, har bir nasl turli sharoitlarda turlicha xususiyatlarni namoyon etadi. Shuning uchun nasl tanlaganda nafaqat yuqorida sanab o’tilgan farqlarni, balki iqlib sharoitini ham hisobga olish zarur. Birinchidan o’z iqlimingizni tanlangan asalarini nasli moslashgan iqlim bilan solishtirish kerak. Agar tanlangan nasl janubiy- qishi qisqaroq davom etadigan iqlimga moslashgan bo’lsa shimoliy hududda undan voz kechgan maqul. Sababi ushbu nasldagi asalrilarning ichaklari ko’p miqdordagi fekal massani uzoq ushlab turishga moslashmagan.porody-pchel-породы-пчел

MDH hududida tarqalgan asalari nasllariga nazar soladigan bo’sak asosan ikki tur yoki, ikki o’ziga xoslikka bo’lishimiz mumkin. Bu 6 oygacha bo’lgan qattiq qishga chidamli o’rtarus asalarisi va qish davomida ham vaqti-vaqti bilan uchishga odatlangan, erta bahordan yosh arilarni voyaga yetkaza boshlaydigan kulrang tog’ kavkaz asalarisidir. Ma’lumki ikkinchi tur asalarilarga uzoq davom etadigan qish halokatli ta’sir etadi.

Yuqorida aytib o’tilganidik har bir nasl va asal olinayotgan sharoit o’ziga hos. Asalarichilik bilan shug’illanganda «floroshunoslik» tushunchasi – yani, misol uchun asalarilarning o’rtarus turi faqat daladan nektar berish davri qisqa lekin ko’p bo’lgan qaysidir bir o’simlik bilan ishlashadi va toki shu o’simlik nektari kelishi tuxtaguncha uchishadi, yoki kavkaz asalarilarn turli hil o’simliklar va asosiy nektarga boy o’simlik bilan bir vaqtda ishlashadi. Albatta bu sohada Kavkaz asalarisi ancha ustunlikka ega.

O’rta rus asalarisining barqaror froloshunosligini hisobga olib undan yuqori darajali monoflor asal olishda foidalanish mumkin. Chunki olingan asalda turli hil o’simlik nektarlarining aralashuvi darajasi boshqa tur asalarilarga qaraganda kam miqdorda bo’ladi.

Asalarilarning jahildorligi turlariga qarab farq qiladi. Agar asalarichiga tinch va osoyishta ishlash maqul kelsa unda tinchliksevar ari turini tanlagan afzal. Aksincha himoyaga tayyor bo’lib g’azabdor asalarilarni tanlaganda qo’ni-qo’shnilarning ham fikrini bilgan maqsadga muvofiq bo’ladi.

Royga moyillik turli nasl turlarida turlicha kuzatiladi. Ko’pchilikning fikricha eng royga moyil o’rtarus asalarisini nasl tanlanishi va moslashish davri mobaynida bu zararli odatdan halos etish mumkin.

Kasallikarga chidamliligi – asalarilarnig eng foydali bo’lgan nasliy sifat belgilaridan biridir. Bu sifatga ega o’rta rus asalarisi chirish kasalliklari, pad asalidan zaharlanish, askoferoz va boshqa kasalliklarga chidamliligi bilan boshqa nasldagi asalarilar oldida eng yuqori o’rinda turada.

 

O’rta rus asalarisi – Apis mellifera mellifera

Bu tur asalarilarining rangi to’q-kulrang, hech qanday sarg’ishliklarsiz, boshqa arilarga nisbatan kattaroq bo’ladi. Hartumchasining uzunligi 5,9-6,4mm. Voyaga yetgan ona arining og’irligi 200-210 mg bo’lib qulay sharoitlarda 2,500-3000 donagacha tuxum quyishi mumkin.  Bu tur yevropaning markaziy va shimoliy hududlarida vujudga kelgan bo’lib o’zining mahsuldorligi, kasallik va sovuqqa chidamliligi bilan xarakterlanadi. Ular 6-7 oygacha dalada uchmasdan qishlashi mumkin. O’rta rus arisining boshqa tur arilariga nisbatan yana bir o’ziga hosligi  nozematoz va pad asalidan zaharlanishiga chidamliligidir.

Asosiy asal yeg’ish davrida o’rta rus arisi maksimal darajada kuch sarflab va bazan bir turdagi kam asal beruvchi o’simlikdan boshqa yaxshiroq o’simlikka kechikibroq qo’na boshlaydi. Dalaga kun qiziganda uchib uyaga erta qaytishadi. Uyada asalni avval yuqori qisimdagi romlarga kiyin urug’ uchun qo’yilgan romlarga to’playdi.

Ushbu tur asalarilari jahldorligi bilan ajralib turadi va asalarichinig qupol betartib ishlashiga juda qattiq intensiv holatda o’zining asosiy quroli bilan uyani himoya qiladi.

O’rta rus arisi boshqa tur arilariga nisbatan o’g’irlikka moyilligi juda past va o’z uyalarini o’g’irlikdan himoyalashda ham juda sustkash. Bu tur arilar roylanishga moyilligi juda qattiq va davomiydir.

 

Kulrang kavkaz tog’ asalarisi – Apis Mellifera caucasica

Ushbu turdagi asalarilar kul-rangsimon va boshqa turlarga nisbatan eng uzun 7,2mm gacha bo’lgan hartumchalarining uzunligi bilan farqlanadi. Yetilgan ona arining og’irligi 200 mg va sutkasiga 1500 ga yaqib tuxum qo’yadi.

Asosan Kavkaz o’lkasining tog’ oldi va tog’li hududlarida keng tarqalgan. O’rta rus asalarisiga nisbatan asal yeg’ishda poliflor daladan yaxshi foydalanadi. Bir turdagi shiraga boy o’simlikdan boshqasiga tez ko’chib moslashadi. Uyadagi urug’ uchun qo’yilgan romlarni asalga birinchi bo’lib to’ldiradi.

Kulrang kavkaz tog’ asalarising o’ziga hos jihatlari bir nechta.

Misol uchun ular o’zimliklardan intensiv nektar ajralish davrida uyadagi barcha ishchi arilar shu jumladan urug’ni tarbiyalashda ishtirok etayotganlari ham o’zlarini dalaga nektar yeg’ishga safarbar etadilar.

Yana bir xarakteri ular uyadan dalaga erta uchib chiqib kech qaytishidir. Bu asalarilar maroq bilan erta bahorda, kech salqin kuzda, tuman va mayin yomg’irda ham uchishga yaxshi moslashishgan. Yoz oylarining iliq tunlarida daladagi gullarda tunab qolishga ham odatlanishgan.

Bu tur asalarilar asal yeg’ishda juda tadbirkor, ayniqsa kuchsiz himoyalangan uyalardan asal o’g’irlashga moyil va shu bilan birga o’z uyalarini juda yaxshi qo’riqlashadi. Kulrang kavkaz asalarilari roy holatidan oson chiqib tezda ishga kirishib ketadi.

Asalarilar o’rta rus va karpat turlariga solishtirganda qishga kam chidamli va qishlashdagi bo’ladigan muammolar nozematoz va pad asalidan zaharlanishdan ko'[proq aziyat chekishadi.

 

karpatskaya-poroda-pchel

Karpat asalarisi – Apis mellifera carpathica

Bu asalarilar kulrangli, hartumchasi o’rtacha uzunlikda 6,3-7,0 mm, yetilgan ona arining o’rtacha og’irligi 205 mg bo’lib sutkasiga 1800 tagacha tuxum qo’yishi mumkin.

Asalarilarning karpat turi bir qancha ijobiy sifatlari bilan farqlanadi: tinchliksevar, samarador, qishlashda (o’rta rus turidan kiyen) yaxshi, kam roylanadi, asal qadoqlashi «quruq» usulda yoqimli oq rangda, va boshqa turlar bilan solishtirganda eng asosiy jihati bu erta yoshdan nektar va gulchang yeg’ishga kirishadi. Tarkibida shakar miqdori kam bo’lgan nektarni ham yaxshi o’zlashtiradi.

Karpat asalarilari turiga hos kamchiliklari bu unung o’g’rilikka moyilligi va propolisni juda kam ishab chiqarishidir.  Daladan nektar kelishi kam bo’lganda uyani kurikdan utkazish ushbu uyani vaqtincha o’z qabiladoshlaridan himoyasis holatga solib quyadi. Propolisning kamligiga sabab bu tur arilari Karpat hududlarida umuman propolisdan foidalanishmaydi. Karpat asalari mum kapalaklariga befarqligi ularning yana bir kamchiligidir. Oilani ko’zdan kechirganda mum kapalaklariga qarshi alohida etibor talab etiladi.

 

krainskaya-poroda

Karniola yoki karnika asalarisi – Apis mellifera carnica, Pollmann

Karnika arisining tanasi kulrang kumishsimon rangi bilan farqlanadi. Ishchi ari hartumchasining uzunligi 6,4-6,8 mm, ona ari 205 mg og’irlikda sutkasiga 1400-2000 dona tuxum qo’yadi.

Mutahassislar bu tur asalarisi o’zida karpat va kavkaz turlarning ijobiy hususiyatlarini mujassam etgan deb hisoblashadi. Qishga chidamliligi o’rta rus arisidan kiyen turadi.  Tinchliksevar, erta bahordan rivojlanadi, kam roylanadi(o’rtacha 30%), roylik holatidan tez chiqadi, va yaxshi nektarli o’simliklarga uchishi tez almshinadi. Asalni avval urug’li romlarga va kiyen qo’shimcha bo’lmadagi romli uyalarga joylaydi.

Karnika asalarilari zahiradagi ozuqani kam istemol qilgan holda uncha katta bulmagan oilalarda ham yaxshi qishlaydi. Bu asalarilar o’ziga hos iqlimli qishi sovuq va asal yeg’ish mavsumi qisqa bo’lgan markaziy yevropa asalarichilari o’rtasida juda mashhur. Yagona o’ziga hosligi uyaning kuchsiz propolislashidir.

 

manba: pchelovodstvo.ru

 

 

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan