Asal ananaviy tarzda tabiatdan olinish manbsiga ko‘ra ikki guruhga bo‘linadi — o’simlik gulidan olingan asal va o’simlik shirasi asali. Shira asali o‘simlik barglari va poyasidagi shira bezlaridan ajraladigan shira asosida bo‘lsa, gul asali o‘simlik gulida hosil bo’ladigan nektardan olinadi. Gul asali ham ikkiga monoflor — bir xil gullardan yig‘ilgan asal va poliflor — turli xil gullardan yig‘ilgan asalga bo‘linadi. Guldan olingan asal ham o‘simlik turiga qarab beda, yantoq, kungaboqar va boshqalarga ajratiladi. Asal o‘zinig ta’mi, hidi rangiga qarab, shuningdek qaysi faslda qanday o‘simlikdan yig‘ilganligiga va joyi (o‘rmon, tog‘, vodiy)ga qarab ham farqlanadi. Misol uchun tog‘ asali turli dorivor o‘simliklardan yig‘iladi va o’ziga hos shifobaxsh xususiyatiga ega.
Gul asali deyarli har doim sariq — yorqin rangda bo‘ladi. Tarkibiga qarab tiniq yoki aksincha bo‘lishi mumkin. Agar asal qoramtir to‘q rangga yaqin bo‘lsa demak asal tarkibida shira asali mavjud va bu asalning ta’miga tasir qilishi mumkin, ammo foidali xususiyatiga hech qanday tasiri yo‘q.
Hidi jixatidan gul asali juda hushbo‘y, o‘simliklarga xos yengil bo‘yi bilan ajralib turadi. Uni choyga qo‘shib ichish yaxshi lekin sutga aralashganda unchalik mazali emas.
Suyuq holatda gul asali anchagina chuziluvchan yopishqoq mustahkamlikka ega. Kristallangan holida esa yoruq rangli ancha qalin lekin tarqoq vaznga ega buladi.
Foidali xususiyatlari juda keng bo‘lgan gul asalidan turli hil kasalliklarni davolashda qadimdan foidalanib kelingan. Abu Ali Ibn Sino o‘z asarlarida asalning malhamlik, davolovchi va boshqa xususiyatlari haqida juda ko‘p takrorlagan.
Chuqur o‘rganishlardan ma’lum buladiki gul asalining maqsadga muvofiq davolovchi tasiri uning qaysi o‘simliklardan yeg‘ilganligiga qarab tanlanadi. Misol:
Salbiya (shalfey) gulidan yeg‘ilgan asal ananaviy ravishda teri kasalliklarini davolashda;
Moychechak (romashka) — kuchli yallig‘lanishga qarshi;
Yorongul (gerani) — podagra, buyrak, oshqozon va tananing bel qismidagi boshqa og‘riqlarga;
Chabrets (timyan) — kuchli siydik haydovchi, terlatuvchi xususiyatlarga ega.
Gul asalining tarkibi vitaminlar, minerallar, aminokislotalar va fermentlarga juda boy. Bular gul asalini istemol qilgan kishida quyidagi foidalarni beradi: immunitetni ko‘taradi, kuch quvvat baxsh etadi, asab kasalliklarini davolaydi, ortiqcha hayajonlanish, uyqusizlik va betoqatsizlik kabilarga ijobiy foida beradi, bakteriyalarga qarshi kurashuvchanlik xusisyatiga ega va yaralarni yaxshi davolaydi, nafas olish va ovqat xazm qilish tizimlaridagi yallig‘lanishni davolaydi, arterial qon bosimini normallashtiradi va lipidlar almashinuviga yaxshi ta’sir qiladi.
Tarkibida ta’biy antibiyotiklar mavjudligi sababli yuqumli kasalliklarga qarshi eng yaxshi vosita hisoblanib saratonga qarshi kurashuvchi xususiyatga ega va saraton kasalligining davolashni boshlang‘ich bosqichida yaxshi foida beradi.
Shuni unitmaslik kerakki gul asali kuchli allergiya qo‘zg‘ashi mumkin. Shuning uchun uni ehtiyot bo‘lib istemol qilish kerak. Agar istemolchida gul changiga allergiya mavjud bo‘lsa bilinki xar hil asal turli darajada allergiya quzg‘ash xususiyatiga ega va shundan kelib chiqqan holda siz o‘zinggizga to‘g‘ri keladigan asalni topishinggiz mumkin.