Asalning kristallanishi

Asalning kristallanishi – asalning qotishi yoki asalning shakar bog’lashi tabiiy holat bo‘lib deyarli barcha turdagi asalda bu jarayon kuzatiladi.  Mum katakchalarida bo‘lgan asal ham vaqt o‘tishi bilan kristallanadi. “Qotgan” asal o‘z hususiyatini yo‘qotmaydi va turiga qarab 1-6 oy davomida qotishi ko‘zatiladi.

Kristallanish jarayoni asalning rangi xiralashib yani tarkibida alohida kristallar paydo bo‘lishi va tobora ko‘payishi va nihoyat bir hil massali qattiq holga keshiga aytiladi. Kristallanish asal tarkibidagi namlikka qarab juda qattiq yoki yumshoq bo‘lishi mumkin. Qotgan asal suyuqligidan ko‘ra yorqinroq rangda bo‘ladi. Har ikki holda ham asalning foydali hususiyati va sifati bir hil, o‘zgarmaydi.

Kristallangan asal ayni qaymoqdek va yoki aksincha shakar qo‘shilganga o‘xshash bo‘ladi. Aynan shu shakarsimon holati kishini shubhalantirishi va asalni sohta deb o‘ylashi tabiiy. Bu holat asal hosil qilgan kristallarga bog‘liq. Qotish jarayonida yirik kristallar hosil bo‘lgan bo‘lsa va odatda kristal diametri 0,5 mm dan ortiq va istemolda tez parchalanib ketadi. Bu holat notanish kishida asalni haqiqiyligiga shubha o‘yg‘otadigan bo‘lishi mumkin.
Asalning o‘rtacha va kichik kristallanishi ham kuzatiladi. Agarda siz suyuq asalni hush ko‘rsangiz asalni iliq joyda saqlash tavsiya etiladi. Bunday holda asal uzoq vaqt suyuq holda qoladi va kiyinchalik yirik kristalli asalga aylanadi. Sizga qaymoqsimon kichik kristalli asal kerak bo‘lsa unda asalni issiqligi 5-8˚C daraja bo‘lgan muhitda saqlang.

Agar siz xush ko‘rgan asal kristallangan bo‘lsa va sizga suyultirilgan asal kerak bo‘lsa unda asal solingan idishni issiq suvga solib asta sekinlik bilan eritishingiz mumkin. Misol uchun agar siz 1 kilogram vazndagi asalni issiq suvda 10-15 daqiqa eritishingiz mumkin. Bu vaqtda asalni sifati o‘zgarmaydi va istemolga yaroqli.

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan