Bu ajoyib ichimlik inson tanada yeg’ilgan toksinlar va yog’lardan metabolizimni oshirish yo’li bilan xalos bo’lishga yordam beradi. Shu bilan birga diabetga qarshi kurashib qon bosimini tushiradi.
Agar siz hech narsaga osonlikcha erishib bo’lmaydi deb o’ylasangiz, bu shifobaxsh ichimlikni o’zingiz tayyorlab sinab ko’rishingiz mumkin.
Tayyorlash uchun ketadigan ingrediyentlar;
1 oshqoshiq dolchin(sinnamon)
2 o.qoshiq olma sirkasi
1 o.qoshiq toza asal
1 stakan (250ml) suv
2 o.qoshiq yangi siqilgan lemon sharbati
tayyorlash usuli;
Ingrediyentlarni hammasini oshxona blenderida yaxshilab qorishtiring. Shu bilan ajoyib ichimlik tayyor. Bu ichimlikni har kuni ertalab eng birinchi ichimlik sifatida nonushtadan oldin ichish tavsiya qilinadi. Tayyorlash vaqti 2-3 daqiqa vaqt oladi, shuning uchun ko’p miqdorda tayyorlash va saqlash maqsadga muvofiq emas.
Ortiqcha vazndan xalos bo’lish va diabetga qarshi kurashish uchun bu ajoyib ichimlikni 2-3 oy mobaynida ichish tavsiya etiladi.
Eslatma: Bu ajoyib detoks echimligi mazali va jonlantiruvchi xususiyatga ega. Bundan olgan natijalaringizni yaqinlaringiz bilan o’rtoqlashishni unutmang.
EHTIYOT BO’LING: Agar sizda oshqozon yarasi yoki boshqa oshqozon kislotasi bilan bog’liq holatlar bo’lsa Sizga olma sirkasini ichish mumkin emas. Retsept bilan berilgan dori qabul qilsangiz albatta vrachingiz bilan maslaxatlashing.
manba: carebodyhair.com