Asalarichilik

Apikultura, yoki asalarichilik bu asalarilarni insonlar yasagan uyalarda kam mehnat, vaqt va xarajatlarsiz saqlab maksimal darajada mahsuldorlikka erishish san’atidir.
Asalarilardan bebaho bo‘lgan asal, asalari ona suti, perga, propolis, ari zaxri va mum olinadi. Shu bilan birga asalarilar tabiatdagi eng muhim bo’lgan vazifasi o‘simliklarni changlatish bilan shug‘illanishadi. Asalarichilik tarixida bir necha bosqichlar bo‘lgan. Dastlab odamlar asalni o‘rmon va  tog‘larda daraxtlarning kovaklari, toshlar yoriqlari, g‘orlarga uya qo‘ygan asalarilardan olganlar. Bunday asalarichilik terimchilik va ovchilikning bir turi hisoblangan.
Ispaniyadagi Aran g‘oridan topilgan arxeologik ma’lumotlarga kura asalarichilik mil. av. 10 — 5-ming yilliklarda ham mavjud bo‘lgan. Shimoliy Afrikada esa bunda 9 ming yil avval asalarilar sopol idishlarda saqlangan. 4500 yil avvalgi Misr san’ati namunalarida asalarilarni mahalliy sharoitda oddiy uyalarda saqlaganliklari va tutundan foydalanilgani qayd etilgan.

Ispaniyadagi 8000 yillik asalarichi surati

Asalarichilik ikkinchi bosqichga XVIII asrda insonlar arilar uyasi va biologiyasini anglashi va butun uyani buzmasdan ko‘chirma romlar orqali asal olishni kashf etish orqali o‘tdi.
1814 y.da rus asalarichisi P. I. Prokopovich romli asalari qutisini, 1865 y.da chex asalarichisi F.Grushka asal-ajratgichni kashf etishi bilan ko‘pgina mamlakatlarda asalarichilik serdaromad tarmoqqa aylandi. XX asrning 20-yillaridan maxsus asalarichilik xo‘jaliklari paydo bo‘ldi.

 

One thought on “Asalarichilik”

Xurshed ga javob berish Javobni bekor qilish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan